Yevropa Superligasi rasman to‘xtatildi
Yevropa Superligasi matbuot xizmati turnir to‘xtatilganini rasman e’lon qilib, loyiha qaytadan ko‘rib chiqilishini ma’lum qildi.
«Yevropa Superligasining ishonchi komilki, Yevropa futbolining hozirgi maqomi o‘zgarishlarga muhtoj. Mavjud tizim ishlamagani tufayli biz yangicha Yevropa musobaqasini taklif etdik. Bizning taklifimiz sportni rivojlantirish, shu bilan birga futbol piramidasining barqarorligini ta’minlash va pandemiya tufayli yuzaga kelgan og‘ir damlarda futbol jamoatchiligiga yordam berishga qaratilgan. Bu, shuningdek, futboldagi barcha manfaatdor tomonlarini katta mablag‘ bilan ta’minlaydi.
Angliya klublari bosim ostida qaror chiqarib, ketish haqida e’lon qilganliklariga qaramay, ishonchimiz komilki, bizning taklif Yevropa qonunchiligi va normalarga to‘la javob beradi. Yuzaga kelgan murakkab sharoitni hisobga olib, biz loyihani o‘zgartirish uchun kerakli qadamlarni ko‘rib chiqamiz», — deya Superliganing bayonotini keltirgan jurnalist Rob Harris.
Yevropa Superligasi tuzilgani haqida ikki kun oldin e’lon qilingandi. Turnirga «Manchester Yunayted», «Manchester Siti», «Liverpul», «Chelsi», «Arsenal», «Tottenhem», «Barselona», «Real», «Atletiko», «Yuventus», «Inter» va «Milan» klublari asos solgandi