← Go to the news
27.04.2021
123
UEFA Ibrahimovich ustidan tergov boshladi
UEFA «Milan» klubi va Shvetsiya milliy jamoasi hujumchisi Zlatan Ibrahimovich ustidan tergov boshladi.
Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, 39 yoshli forvardning bukmekerlik idoralariga aloqadorligini aniqlash va tekshiruv ishlarini olib borish uchun inspektor tayinlandi.
Qoida bo‘yicha bukmekerlik kompaniyalarida hissasi bo‘lgan futbolchilar FIFA va UEFA homiyligidagi musobaqalarda ishtirok eta olishmaydi. Qoidabuzarlik uchun 3 yilgacha futboldan chetlatilish jazosi qo‘llanishi mumkin.
Zlatan 2018 yildan beri Bethard bukmekerlik kompaniyasining 10 foiz ulushiga egalik qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Ibrahimovich bir necha kun avval «Milan» bilan shartnomasini uzaytirgandi.