← Go to the news
![](https://www.betguru.info/wp-content/uploads/2021/03/photo_2021-03-22_14-56-00.jpg)
24.03.2021
148
Tuxel: «14 o‘yinda ilk bor futbolchilarda charchoq sezildi. Natija borasida omadimiz keldi»
«Chelsi» bosh murabbiyi Tomas Tuxel Angliya Kubogi chorakfinalidan o‘rin olgan «Sheffild Yunayted»ga (2:0) qarshi o‘yindan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Yarimfinalga chiqqanimiz juda yaxshi, lekin qiyin o‘yin bo‘ldi. Birinchi bo‘limda hammasini nazorat qildik. Ikkinchi taymda esa boshqaruvni yo‘qotdik. Shubhasiz, futbolchilar charchashgandi.
Ketma-ket 14 o‘yinda ilk bor futbolchilarda charchoq sezildi. Ko‘plab kichik xatolarga yo‘l qo‘ydik. Omad kulib boqdi – ikkinchi bo‘limda gol o‘tkazib yubormadik.
Keyingi bosqichga chiqishni maqsad qilgandik va bunga erishdik», – deya Tuxelning so‘zlarini keltiradi VBC Sport