fbpx Betguru » Toni Kroos Germaniya milliy jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi
Sunday, 22 December 2024
← Go to the news

Toni Kroos Germaniya milliy jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi

«Real» klubi yarimhimoyachisi Toni Kroos Germaniya milliy jamoasidagi faoliyatiga yakun yasadi. Bu haqda futbolchi «tvitter»dagi rasmiy sahifasida ma’lum qilgan.                Читать на Рус языке 

«Germaniya safida 106ta o‘yin o‘tkazdim. Navbatdagisi esa bo‘lmaydi. O‘yinlarim soni yakunda 109taga yetib, kolleksiyalarim qatoriga Yevropa chempionligi ham qo‘shilishini juda istagandim, buning uchun borimni berishga tayyor edim.

Milliy jamoani tark etish borasidagi qarorni ancha oldin qabul qilgandim. JCH-2022ga bormasligimni ancha avval anglaganman. Keyingi faoliyatimni to‘liq «Real»dagi o‘yinlarimga qaratmoqchiman. Qolaversa, oila boshlig‘i sifatida rafiqam va uch nafar farzandim yonida bo‘lmoqchiman.

Milliy jamoa libosini uzoq vaqt davomida kiyish men uchun katta sharaf edi. Barcha muxlislarga qo‘llab-quvvatlash uchun, tanqidchilarga esa motivatsiya uchun katta rahmat.

Yoahim Lyovdan ham minnatdorman. U meni milliy jamoa o‘yinchisi va jahon chempioni qildi. U menga ishondi. Biz u bilan uzoq vaqt davomida muvaffaqiyatli tarix yozdik», – deya yozadi Kross xayrlashuv maktubida.

2010 yildan buyon Germaniya milliy jamoasi sharafini himoya qilib kelgan Toni Kroos hozirga qadar «nemis mashinasi» safida 106 o‘yinda maydonga tushib, 17ta golga mualliflik qilgan.

Ma’lumot uchun, Germaniya Yevro-2020 nimchorakfinal bahsida Angliyadan 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchrab, turnirni erta tark etdi.

Avvalroq, jamoa bosh murabbiyi Yoahim Lyov Yevro-2020dan keyin Germaniya milliy jamoasidan ketishini e’lon qilgan edi.

image