← Go to the news
30.11.2021
92
Shaxtyor» qatorasiga 2-bor Belarus chempioniga aylandi, Shahboz Umarov BATE bilan kumush medalga sazovor bo‘ldi
Belarus chempionati yakunlandi.
Soligorskning «Shaxtyor» klubi 75 ochko jamg‘arib, qatorasiga ikkinchi yil mamlakat chempioniga aylandi.
O‘zbekiston milliy jamoasi yarimhimoyachisi Shahboz Umarov o‘ynaydigan BATE 65 ochko bilan 2-o‘rinni egallab, kumush medallarga ega chiqdi. «Dinamo» Minsk (62) 3-pog‘onadan o‘rin oldi.
O‘zbekistonlik hujumchilar Bobur Abduxoliqov, Shahzod Ubaydullayev, yarimhimoyachi Doniyor Abdumannopov to‘p tepadigan «Energetik-BGU» 33 ochko to‘plagan holda 13-pog‘ona bilan kifoyalandi