← Go to the news
![](https://www.betguru.info/wp-content/uploads/2021/05/photo_2021-05-07_07-21-59.jpg)
07.05.2021
114
MYU» – «Liverpul» o‘rtasidagi qoldirilgan o‘yinning yangi sanasi ma’lum qilindi
Angliya Premer-ligasi 34-turi doirasida o‘tkazilishi lozim bo‘lgan «Manchester Yunayted» — «Liverpul» uchrashuvining yangi sanasi e’lon qilindi.
Manchesterliklar klubi rasmiy saytining yozishicha, APL ushbu jamoalar o‘rtasidagi uchrashuvni 13 may, payshanba kuni kechki soat 00:15ga belgilagan.
Ma’lumot uchun, «Manchester Yunayted» va «Liverpul» o‘rtasidagi ushbu bahs 2 may, yakshanba kuni o‘tkazilishi lozim edi. Biroq «MYU» muxlislarining «Old Trafford»ga bostirib kirishi va norozilik namoyishlari tufayli uchrashuv noma’lum muddatga qoldirilgandi.