fbpx Betguru » Kroos jarohat tufayli Germaniya milliy jamoasi bazasini tark etdi
Thursday, 26 December 2024
← Go to the news

Kroos jarohat tufayli Germaniya milliy jamoasi bazasini tark etdi

«Real» yarimhimoyachisi Toni Kroos jarohat tufayli Germaniya milliy jamoasining JCH-2022 saralash doirasidagi bo‘lajak uch o‘yinini o‘tkazib yuboradi.

Germaniya futbol assotsiatsiyasining matbuot xizmatining xabar berishicha, futbolchi milliy jamoa bazasiga mushaklaridan olgan jarohati bilan kelgan. Tekshiruvlardan so‘ng jarohat jiddiy ekanligi va Kroosning Islandiya, Ruminiya va Shimoliy Makedoniya bilan o‘ynal olmasligi ma’lum bo‘ldi.

Shu tariqa 31 yoshli yarimhimoyachi Ispaniyaga qaytadi.

Germaniya milliy jamoasi ustozi Yoaxim Lyov vaziyatni quyidagicha izohladi:

«Tibbiy xodimlarimiz jarohatni o‘rganishdi. Uning biz bilan qolishini xohlardim. Lekin yozda o‘tadigan Yevropa chempionatini hisobga olib, Tonini jarohatdan asrashga qaror qildik», — deya Lyovning so‘zlarini keltiradi Germaniya futbol ittifoqi sayti.

image