JCH. O‘zbekiston futzal milliy jamoasi Rossiyaga qarshi murosasiz bahsda mag‘lubiyatga uchradi
Litvada o‘tayotgan futzal bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston milliy jamoasi 2-turda Rossiyaga qarshi bahs yuritdi.
Bahodir Ahmedov shogirdlari ikkinchi bo‘limda ikki to‘p farqini yo‘qqa chiqarib hisobni tenglashtirishdi, ammo yakunda ruslar g‘alabani ilib ketishdi. Niyazovning het-trigi va Robinoning goliga Choriyev hamda Odilov javob berishdi.
Guruhning ikkinchi o‘yinida Misr Gvatemaladan ustun keldi.
So‘nggi tur oldidan Rossiya 6 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi. Misr va Gvatemalada 3 ochkodan mavjud. Ochkosiz O‘zbekiston so‘nggi pog‘onani egallab turibdi.
3-turda O‘zbekiston milliy jamoasi 18 sentyabr kuni Misr bilan to‘qnash keladi.
Ma’lumot uchun, 6ta guruhdan birinchi va ikkinchi o‘rin egalaridan tashqari, uchinchi o‘rindagi jamolardan eng yaxshi 4tasi ham 1/8 finalga yo‘l oladi.
Futzal. Jahon chempionati
V guruhi. 2-tur. 15 sentyabr
Rossiya — O‘zbekiston 4:2
Gollar: Robino (10), Niyazov (11, 35, 35) — Choriyev (21), Odilov (28).
O‘zbekiston — Ravshan Eliboyev., Ixtiyor Ropiyev, Husniddin Nishonov, Ilhom Hamroyev, Davron Choriyev, Anasxon Rahmatov, Akbar Usmonov, Mashrab Odilov, Sunnat Jo‘rayev, Xushnur Erkinov, Muzaffar Ahadjonov, Elbek To‘lqinov, Shahzod Sa’diyev, Dilshod Rahmatov, Rustam Umarov.
Misr — Gvatemala 6:3
Gollar: Mansur (4), Elashval (32), Shola (35), Iyd (36, 37, 40) — Mansilla (16), P.Ruis (25), V.Ruis (33).