Italiya milliy jamoasining Yevro-2020 uchun yakuniy qaydnomasi e’lon qilindi
Italiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini Yevropa chempionati uchun yakuniy qaydnomani e’lon qildi. Читать на Рус языке
Darvozabonlar: Janluiji Donnarumma («Milan»), Aleks Meret («Napoli»), Salvatore Sirigu («Torino»);
Himoyachilar: Franchesko Acherbi («Latsio»), Alessandro Bastoni («Inter»), Leonardo Bonuchchi, Jorjo Kellini (ikkalasi – «Yuventus»), Jovanni Di Lorenso («Napoli»), Emerson («Chelsi»), Alessandro Florensi («PSJ»), Leonardo Spinatssola («Roma»), Rafael Toloi («Atalanta»);
Yarimhimoyachilar: Nikolo Barella, Stefano Sensi (ikkalasi – «Inter»), Brayan Kristante, Lorenso Pellegrini (ikkalasi – «Roma»), Jorjino («Chelsi»), Manuel Lokatelli («Sassuolo»), Marko Verratti («PSJ»);
Hujumchilar: Federiko Bernardeski, Federiko Keza (ikkalasi – «Yuventus»), Andrea Belotti («Torino»), Chiro Immobile («Latsio»), Lorenso Insine («Napoli»), Domeniko Berardi, Jakomo Raspadori (ikkalasi – «Sassuolo»).
Kengaytirilgan tarkibda bo‘lgan himoyachi Janluka Manchini («Roma»), yarimhimoyachilar Matteo Pessina («Atalanta») va Matteo Politano («Napoli») yakuniy qaydnomadan tushib qolishdi.