← Go to the news
29.04.2021
135
Azar: «Bundan yaxshi ham, yomon ham bo‘lishi mumkin edi»
«Real» yarimhimoyachisi Eden Azar YeCHL yarimfinalidan o‘rin olgan «Chelsi»ga (1:1) qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Bundan yaxshi ham, yomon ham bo‘lishi ham mumkin edi. Safarda g‘alaba qozonishga urinamiz.
Qadam-baqadam harakat qilaman. Albatta, o‘ynashni va maydonda bo‘lishni xohlayman. Bugungi kungacha menda juda ko‘p o‘yin amaliyoti bo‘lmadi. Mavsum so‘ngigacha o‘yinlar bor va men ularga tayyor bo‘lishni xohlayman. Yana o‘ynaganimdan xursandman. Do‘stlarga qarshi maydonga chiqish yoqimli.
Hozir «Real»daman va g‘olib bo‘lishga qaror qilganman.
O‘yin uchun qanday taktika tanlashni murabbiy hal qiladi. Biz 3 himoyachi bilan ham, 4 himoyachi bilan ham o‘ynay olamiz», — deya Azarning so‘zlarini keltiradi VVS.