← Go to the news
09.12.2020
560
Messi YeCHLda so‘nggi 17 yil ichida kuzatilmagan antirekordni qayd etdi
«Barselona» Chempionlar Ligasining 6-turida o‘z uyida «Yuventus»ga (0:3) yutqazdi.
Opta Jose’ning yozishicha, ushbu o‘yinda kataloniyaliklar hujumchisi Lionel Messi raqib darvozasiga 11ta zarba (7tasi aniq) berdi, ammo gol ura olmadi. Turnir tarixida buncha zarba bilan to‘p kirita olmaslik so‘nggi marta 2003/04 yilgi mavsumda kuzatilgan.
Ma’lumot uchun, «Barselona» ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng guruhda 1-o‘rinni «Yuventus»ga boy berib, pley-offga 2-pog‘ona bilan yo‘l oldi