fbpx Betguru » Parij-2024. Islom Bahromov chorakfinal bahsida mag‘lub bo‘ldi
Tuesday, 22 October 2024
← Go to the news

Parij-2024. Islom Bahromov chorakfinal bahsida mag‘lub bo‘ldi

Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida sport kurashlari bo‘yicha bellashuvlar boshlandi.

Ushbu kun doirasida yunon-rum kurashi ustasi Islomjon Bahromov -60 kg vazn toifasida Qochoqlar jamoasi a’zosi Jamal Valizadega qarshi gilamga chiqdi. Yakunda hamyurtimiz raqibi ustidan g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘llanma oldi.

Shundan keyingi bahsda Islom Bahromov (-60 kg) Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi chorakfinal bellashuvida gilamga chiqdi. KXDR vakili Se Ung Ri bilan bahs olib borgan yurtdoshimiz mag‘lubiyatga uchradi. Endi koreyalik kurashchi finalga yo‘llanma olgan taqdirda hamyurtimiz bronza medali uchun kurashish imkoniyatini saqlab qoladi.

image