← Go to the news

12.02.2025
3856
Futbol yangiliklari
«Aston Villa» Turkiya U-21 jamoasi himoyachisi O‘zjanni sotib oldi
«Aston Villa» 18 yoshli turk himoyachisini sotib oldi.
Birminghem klubi «Qosimposho»dan Yosin O‘zjanning transferini e’lon qildi.
Futbolchi bilan 2029 yilgacha shartnoma imzolandi va u APL jamoasiga yozda qo‘shiladi.
Fabritsio Romano xabariga ko‘ra, kelishuv qiymati bonuslarni hisobga olgan holda 8 mln yevroni tashkil etgan.
O‘zjan «Qosimposho» safida barcha turnirlarda 81 ta o‘yin o‘tkazgan. Shuningdek, Turkiya U-21 milliy jamoasida 12 ta bahsda maydonga tushgan.