fbpx Betguru » Parij-2024. Safina Sadullayeva 1.98 metrni zabt eta olmadi va turnirni 7-o‘rinda yakunladi
Tuesday, 22 October 2024
← Go to the news

Parij-2024. Safina Sadullayeva 1.98 metrni zabt eta olmadi va turnirni 7-o‘rinda yakunladi

O‘zbekistonlik yengil atletikachi Safina Sadullayeva balandlikka sakrash bo‘yicha final dasturidagi ishtirokini boshladi.

Hamyurtimiz dastlabki urinishda 1.86 metr balandlikni zabt eta oldi, ikkinchi chiqishida esa 1.91 metr natijani ko‘rsatdi, turnirni esa 1.95 metr bilan yakunladi. U o‘zi uchun rekordga aylanishi mumkin bo‘lgan 1.98 metrda zabt eta olmadi. Aks holda bronza medaliga ega chiqishi mumkin edi.

Qayd etish joiz, bronza medaliga ega chiqqan avstraliyalik Eleanor Patterson va ukrainalik Irina Gerashenko 1.95 metrna zabt etgandi, ammo Safina sarflangan urinishlari soni ko‘pligi sababli turnirni 7-o‘rinda yakunladi.

image