Friday, 7 August 2026
← Go to the news

L’Equipe: Zidan 3ta milliy jamoa taklifiga rad javobini berdi


Zinedin Zidan bir qator milliy jamoalarni boshqarish takliflarini rad etdi.

L’Equipe nashrining xabar berishicha, fransiyalik mutaxassis Braziliya, Portugaliya va AQSH jamoalarini boshqarishdan bosh tortgan.

Qayd etilishicha, u milliy jamoalardan faqat Fransiyada ishlashi mumkinligini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Dide Desham Fransiya milliy jamoasi bilan shartnomasini 2026 yilgacha uzaytirdi.

Zidan 2021 yilning yozida «Real»ni tark etganidan beri ishsiz.