← Go to the news
23.01.2023
292
So'ngi yangiliklar
Dani Alves Ispaniyada hibsga olindi. U sudda javob beradi
Braziliyalik taniqli futbolchi Dani Alves 19 yanvar kuni Ispaniya politsiyasi tomonidan Barselonada hibsga olindi, deya xabar bermoqda Marca.
Nashrning yozishicha, «Barselona»ning 39 yoshli sobiq himoyachisi jinsiy zo‘ravonlik ayblovi bilan qo‘lga olingan.
Qayd etilishicha, Dani Alves Barselonadagi tungi klublardan birida jinsiy zo‘ravonlik qilgani uchun politsiyasi avtomashinasida sud zaliga olib kelingan. Braziliya milliy jamoasi futbolchisining keyingi taqdiri sudyaning qaroriga bog‘liq bo‘ladi.
Avvalroq, Alves ushbu xabarni rad etgan va buni tuhmat deb aytgandi. Ma’lum qilinishicha, Alvesning qamoq jazosiga hukm qilinishi ehtimoli past, futbolchiga ma’muriy jazo qo‘llanilishi mumkin.
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan