APL. “Arsenal” “Tottenhem”ni magʻlub etib, “Siti” bilan farqni 8 ochkoga yetkazdi
APL 20-turi doirasidagi soʻnggi uchrashuv yakuniga yetdi.
“Tottenhem” va “Arsenal” oʻrtasida oʻtgan London derbisida Mikel Arteta shogirdlari Antonio Konte jamoasi ustidan ishonchli gʻalabaga erishdi. Lyorisning avtogoli va Edegorning goli “kanonirlar”ga muhim gʻalabani taqdim etdi – 2:0.
Shu tariqa, “Arsenal” (47 ochko) peshqadamlikni mustahkamlab, taʼqibchisi “Manchester Siti” (39) bilan farqni 8 ochkoga yetkazdi. “Tottenhem” 33 ochko bilan 5-oʻrinda qoldi. “Arsenal” navbatdagi turda “MYU”ni qabul qiladi.
APL. 20-tur
Tottenhem – Arsenal 0:2
Gollar: 0:1 – 14, avtogol Lyoris, 0:2 – 36 Edegor.
Tottenhem – Lyoris, Doerti (Risharlison, 71), Dayer, Langle, Romero, Sessenyon (Perishich, 76), Xeybyerg, Kulusevski, Sarr (Bissuma, 76), Son Xыn Min, Keyn.
Arsenal – Remsdeyl, Uayt, Gabriel, Saliba, Zinchenko (Tomiyasu, 86), Jaka, Parti, Edegor, Saka, Nketia, Martinelli (Tirni, 79).
Ogohlantirishlar: Romero (35), Sessenyon (45), Sarr (53), Martinelli (70), Dayer (72).
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan