← Go to the news
16.05.2022
485
So'ngi yangiliklar
Ronaldu – APLda aprel oyining eng yaxshi futbolchisi
«Manchester Yunayted» forvardi Krishtianu Ronaldu Angliya Premer-ligasida oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Portugaliyalik hujumchi aprel oyida laureat bo‘lish uchun da’vogarlar qatorida bo‘lgan Kevin de Bryuyne, Gabriel Jezus (ikkisi ham – «Manchester Siti»), Leandro Trossard («Brayton»), Tiago Alkantara («Liverpul»), Son Hyon Min («Tottenhem»), Bruno Gimaraes («Nyukasl») va Natan Kollinz («Bernli») singari o‘yinchilarni ortda qoldirdi.
Ma’lumot uchun, 37 yoshli to‘purar o‘tgan oyda «Manchester Yunayted» safida APLdagi 4 o‘yinda 5ta golga mualliflik qildi. U «Norvich» bilan bahsda het-trik, «Arsenal» va «Chelsi» bilan o‘yinda esa bittadan golga mualliflik qildi.
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan