O‘zbekiston kubogi. «Andijon» «So‘g‘diyona» bilan durang qayd etdi
O‘zbekiston kubogi 2-turi doirasidagi yana bir uchrashuv yakuniga yetdi.
«Andijon» o‘z maydonida «So‘g‘diyona»ni qabul qilib, durang qayd etdi. Milichning goliga Shodmonov javob qaytardi – 1:1.
Shu tariqa, «Andijon» va «So‘g‘diyona» ochkolarini 4taga yetkazib guruhda peshqadamlik qilishmoqda. Yana bir bahs «Orol» – «Yangiyer» o‘rtasida o‘tadi.
O‘zbekiston kubogi. 2-tur
ANDIJON – SO‘G‘DIYONA – 1:1
Hakam: Rustam Lutfullin
Gollar: Bogdan Milich 15 – Behruz Shodmonov 77
«Andijon»: 46.Xurshid Xodjayev, 3.Azamat Isroilov (10.Ilhom Abdug‘aniyev, 69), 5.Abduvohid G‘ulomov, 9.Bogdan Milich, 15.Vladimir Bubanya, 17.Farhod Sohibjonov, 20.Goron Miloyko, 21.Ildar Mamatkazin, 22.Shahboz Erkinov, 26.Muhammadkarim Toirov, 66.Ilhom Alijonov.
«So‘g‘diyona»: 1.Shirinboy Abdullayev, 2.Sardor Qulmatov, 3.Dian Talxatov, 4.Elyor Orifov, 8.Marat Bikmayev, 9.Boburbek Farhodov, 12.Hislat Halilov, 16.Artyom Filiposyan, 23.Behruz Shodmonov, 33.Doniyor Abdumannopov, 44.Yure Obshivats.
Noaniq penalti: Shohruz Norxonov, 58.