Friday, 7 August 2026
← Go to the news

Messi, Mbappe va Grizmann JCH-2022 eng yaxshi o‘yinchilari o‘nligida yetakchilik qilmoqda


Goal nashri JCH-2022 yarimfinal yakunlariga ko‘ra, musobaqaning eng yaxshi o‘yinchilari reytingini yangiladi.

Avvalgi bosqichda bo‘lganidek bu safar ham peshqadamlar uchligi o‘zgarmadi. Lionel Messi, Kilian Mbappe va Antuan Grizmann yetakchilar triosini tashkil etgan.

Goal talqiniga ko‘ra, JCH-2022ning eng yaxshi 10 futbolchisi:

  1. Lionel Messi (Argentina);
  2. Kilian Mbappe (Fransiya);
  3. Antuan Grizmann (Fransiya);
  4. Sofyan Amrabat (Marokash);
  5. Ashraf Xakimi (Marokash);
  6. Nikolas Otamendi (Argentina);
  7. Xulian Alvares (Argentina);
  8. Olive Jiru (Fransiya);
  9. Brunu Fernandesh (Portugaliya);
  10. Risharlison (Braziliya).

Chorakfinal o‘yinlari bilan taqqoslaganda, yarimfinaldan keyin Nikolas Otamendi, Xulian Alvares va Olive Jiru o‘nlikka kira oldi. O‘nlikdagi 8 futbolchi bosh sovrin uchun kurashishda davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 3-o‘rin uchun bahs Xorvatiya va Marokash o‘rtasida 17 dekabr kuni, final esa bir kun keyin Fransiya va Argentina o‘rtasida kechadi.