Friday, 7 August 2026
← Go to the news

Mbappe ikki JCH finalida gol urgan 5-futbolchiga aylandi


Hujumchi Kilian Mbappe ikki jahon chempionati finalida gol urgan beshinchi o‘yinchiga aylandi.

23 yoshli fransuz 2018 yilgi mundial finalida Xorvatiyaga (4:2) 1ta, 2022 yili Argentinaga (3:3, penaltilar bo‘yicha — 2:4) 3ta to‘p kiritdi.

Bungacha ikki finalda gol urishni braziliyalik Vava (1958, 1962), braziliyalik Pele (1958, 1970), germaniyalik Pol Breytner (1974, 1982) va fransiyalik Zinedin Zidan (1998, 2006) uddalagandi