fbpx Betguru » Maradona 1986 yilda qo‘li bilan gol urgan o‘yindagi to‘p auksionga qo‘yildi 1986 yilgi jahon chempionatida Diyego Maradona gol urgan o‘yindagi to‘p kimoshdi savdosida 3 million funtga sotilishi mumkin.
Sunday, 22 December 2024
← Go to the news

Maradona 1986 yilda qo‘li bilan gol urgan o‘yindagi to‘p auksionga qo‘yildi 1986 yilgi jahon chempionatida Diyego Maradona gol urgan o‘yindagi to‘p kimoshdi savdosida 3 million funtga sotilishi mumkin.

Argentinalik futbolchi Diyego Maradona tomonidan 1986 yilgi jahon chempionatida Angliya darvozasiga qo‘li bilan yo‘llangan to‘p auksionga qo‘yildi. Bu haqda Graham Budd Auctions xabar bermoqda.

To‘p ushbu o‘yinni boshqargan tunislik hakam Ali bin Nosir tomonidan kimoshdi savdosiga qo‘yilgan. Auksion 16 noyabr kuni o‘tkaziladi va to‘p 2,5 – 3 million funtga sotilishi mumkin.

Maradona JCH-1986 chorakfinalida Argentina va Angliya milliy jamoalari o‘rtasidagi o‘yinning 51-daqiqasida futbol tarixidagi eng mashhur gollardan birini urgan edi. U jarima maydoniga yetkazilgan to‘pni baland sakrab, mushti bilan darvozaga kiritdi. Buni payqamagan bosh hakam golni inobatga oldi. O‘yindan keyingi matbuot anjumanida Maradona to‘pni qo‘li bilan urganini tan olib, «gol qisman Maradonaning boshi, qisman Tangrining qo‘li bilan urildi» degan edi.

Maradonaning ushbu goli o‘yin taqdirini hal qildi va Argentina 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, yarimfinalga chiqdi. Angliya esa uyiga ravona bo‘ldi. Yakunda Argentina jahon chempionatida g‘alaba qozondi.

Futbolchi Diyego Maradona 2020 yil 25 noyabr kuni 60 yoshida vafot etdi, uning o‘limiga yurak yetishmovchiligi sabab bo‘lgan, bu esa o‘pka shishiga olib kelgan. Futbolchilik faoliyati davomida u «Napoli», «Sevilya», «Barselona» kabi jamoalar hamda Argentinaning bir qancha klublari hamda milliy jamoasida o‘ynagan.

image