← Go to the news
27.06.2022
1039
So'ngi yangiliklar
La Liga taqvimi e’lon qilindi. «El-Klasiko» oktyabr oyida bo‘ladi
Ispaniya chempionati 2022/23 yilgi mavsum taqvimi e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, La Ligada yangi mavsum 14 avgust kuni start olib, 2023 yilning 4 iyun kuni yakuniga yetadi.
Amaldagi chempion «Real» mavsumni safarda «Almeriya»ga qarshi bahs bilan boshlasa, «Barsa» uyida «Rayo Valekano»ni qabul qiladi. «Atletiko» esa «Xetafe»ga qarshi to‘p suradi.
«Real» va «Barselona» o‘rtasidagi «El-Klasiko» 9-turdan joy olib, 16 oktyabr kuni o‘tkaziladi. Ikkinchi davrdagi bahs esa 19 mart kunidan joy olgan.
Qayd etilishicha, La Liga bahslari 11 noyabrdan 29 dekabrga qadar JCH-2022 turniri sababli tanaffusga chiqadi.
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan