← Go to the news

18.10.2022
408
So'ngi yangiliklar
«Kam sonli o‘yinchilar faoliyatida 700ta o‘yin o‘tkazadi, u esa 700ta gol kiritdi». Ten Hag Ronalduni maqtadi
Erik ten Hag klublardagi faoliyati davomida 700ta gol kiritishga erishgan Krishtianu Ronalduni tabrikladi.
«Bu ajoyib natija. Futbol – jamoaviy o‘yin, Ronaldu esa jamoaning yordamisiz hech narsaga erishib bo‘lmasligini hammadan yaxshi biladi. Ammo klublardagi faoliyati davomida 700ta gol kiritish – juda katta individual ko‘rsatkich.
Kam sonli o‘yinchilargina faoliyati davomida 700ta o‘yin o‘tkazishi mumkin, Ronaldu esa 700ta gol kiritgan! Bundan juda ham xursandmiz va uni yana bir marta tabriklayman», – deydi «Manchester Yunayted» ustozi.
Portugaliyalik 37 yoshli forvard APL doirasidagi «Everton»ga qarshi bahsda (2:1) klublardagi 700-golini kiritgandi.