Friday, 7 August 2026
← Go to the news

Jerar Pike: «90 daqiqalik o‘yin – juda ko‘p. Futbol qoidalarini o‘zgartirish kerak»

Jerar Pikening fikricha, kelajakda futbol qoidalarini o‘zgartirishga to‘g‘ri keladi.

«Hozir sportdan, futboldan tashqari odamlarni o‘ziga jalb qiluvchi kontentlar juda ko‘p. Kun davomidagi bir necha soatlik bo‘sh vaqtingda imkonqadar ko‘proq ma’lumot olishni istaysan. Odamlarni jalb qilish uchun imkonqadar qisqaroq mahsulot yaratish kerak.

Fikrimcha, 90 daqiqalik futbol – juda ham ko‘p. O‘yinni yanada qiziqarli qila oladigan qoidalarni o‘ylash kerak. Futbol jozibadorlik jihatdan eskirgan mahsulotdek tuyulmoqda», — deydi Jerar Pike.

Eslatib o‘tamiz, Jerar Pike «Barselona» — «Almeriya» (2:0) o‘yinidan keyin futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. «Osasuna» — «Barselona» bahsida (1:2) esa zaxira o‘rindig‘ida bo‘lishiga qaramay, hakam tomonidan qizil kartochkaga loyiq ko‘rildi.