Friday, 7 August 2026
← Go to the news

JCH-2022. Marokash penaltilar seriyasida Ispaniyani sensatsion tarzda turnirdan chiqarib yubordi
JCH-2022 nimchorakfinali doirasidagi 7-uchrashuv yakuniga yetib, chorakfinalga yo‘llanma olgan 7-jamoa nomi ma’lum bo‘ldi.

Marokash va Ispaniya milliy jamoalari o‘rtasida «Education City Stadium»da kechgan uchrashuvning asosiy vaqtida hisob ochilmadi. Qo‘shimcha bo‘limlarda ham kuchlar teng kelib, g‘olib aniqlanmadi – 0:0.

Penaltilar seriyasida esa omad Marokashga kulib boqdi. Sarabiya, Soler va Buskets zarba berishda Bununi dog‘da qoldira olmadi. Marokashliklar o‘z tarixida ilk marta chorakfinalga yo‘llanma oldi.

Shu tariqa, marokashliklar chorakfinalda Portugaliya – Shveysariya o‘yini g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.

JCH-2022. 1/8 final. 6 dekabr
Marokash – Ispaniya 0:0. Penaltilar seriyasi: 3:0
Marokash – Bunu, Hakimi, Saiss, Agerd (Al-Yamik, 84), Mazraui (Attiyyot-alla, 82), Amrabat, Amalla (Sheddira, 82), Unai, Ziyosh, Bufal (Ez Abde, 66), An-Nosiri (Sobiri, 82).
Ispaniya – Unai Simon, Laport, Rodri, Alba (Balde, 98), Buskets, Pedri, Gavi (Soler, 63), Lorente, Olmo (Fati, 98), Asensio (Morata, 63), Ferran Torres (Uilyams, 75; Sarabiya, 119).
Ogohlantirishlar: Laport (76), Saiss (90).