Futzal. O‘zbekiston yoshlar jamoasi CAFA chempionatida Afg‘onistonga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi
Futzal. O‘zbekiston yoshlar jamoasi CAFA chempionatida Afg‘onistonga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi
Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida futzal bo‘yicha CAFA U-19 championship 3-turi doirasida O‘zbekiston yoshlar jamoasi afg‘onistonlik tengqurlariga qarshi parketga tushdi.
Uchrashuv kutilmagan natija bilan yakunlandi. Furqat Xayrulloyev shogirdlari Afg‘oniston yoshlar jamoasiga yirik 1:8 hisobida mag‘lub bo‘lishdi.
Yoshlarimiz avvalgi ikki turda Tojikistonni mag‘lub (3:1) etgan bo‘lishsa, Qirg‘izistonga (3:5) mag‘lubiyatga uchrashgandi. Musobaqaning so‘nggi turida O‘zbekiston 19 fevral kuni Eronga qarshi parketga tushadi.
CAFA U-19 futsal championship-2022
Bishkek, «GazProm arena».
Afg‘oniston – O‘zbekiston – 8:1
Gollar: Nurulloh Nazari 11, Said Mujtaba Husseyni 13, 13, Hamidulloh G‘afuri 17, Said Mujtaba Husseyni 23, 33, Abul Bashir Ahmadi 34, Muhammad Ali Mumtoz 37 – Doston Usmonov 35.
O‘zbekiston: 12.Umidjon Mahramov, 2.Samandar Murodqulov, 4.Damir Mamadoliyev, 5.Qosimjon Safarov, 7.Daler Eshonqulov.
Zaxiradan: 1.Arsentiy Machulko, 3.Abdusattor Abdurahmonov, 6.Baxtiyorjon Ramazanov, 8.Shohruxxon Hasanov, 10. Ruslan Soliyev, 11. Mirshod Abdukarimov, 13. Alan Ahmedov, 14. Doston Usmonov.