Futzal O‘zbekiston
Futzal. O‘zbekiston o‘rtoqlik o‘yinida Chernogoriyaga 8ta gol urdi
Xorvatiyada yig‘in o‘tkazayotgan O‘zbekiston futzal milliy jamoasi ikkinchi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazdi.
Bahodir Ahmedov jamoasi Chernogoriyaga qarshi o‘yinda 8:1 hisobida g‘alaba qozondi. Ilhom Hamroyev het-trikka, Davron Choriyev dublga erishdi. Shuningdek, Sunnatilla Jo‘rayev, Ixtiyor Ropiyev va Husniddin Nishonov ham to‘p kiritishdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston dastlabki nazorat bahsida Fransiyaga (2:4) imkoniyatni boy bergandi.
Futzal. O‘rtoqlik o‘yini
Chernogoriya — O‘zbekiston 1:8
30 yanvar. Xorvatiya
Gollar: Ariyan Efovich (30) — Ilhom Hamroyev (4, 21, 22), Davron Choriyev (9, 15), Sunnatilli Jo‘rayev (12), Ixtiyor Ropiyev (23), Husniddin Nishonov (33).
O‘zbekiston — Ravshan Eliboyev, Mashrab Odilov, Akbar Usmonov, Anasxon Rahmatov, Dilshod Rahmatov, Rustam Umarov, Ilhom Hamroyev, Davron Choriyev, Ixtiyor Ropiyev, Sunnatilla Jo‘rayev, Elbek To‘lqinov, Davlat Ibragimov, Abdulla Solihov.