Fransiya chempionati. 7ta gol kiritilgan o‘yinda «PSJ» «Trua»ni mag‘lub etdi, Messidan gol va assist
Fransiya chempionati 13-turi doirasida «PSJ» «Trua»ga qarshi saf tortdi.
Parijda o‘tgan bahsda «gollar-shousi» kuzatilib, mezbonlar qiyin g‘alabaga erishdi – 4:3. Uchrashuvda Messi bitta gol va assistga mualliflik qilgan bo‘lsa, Neymar ham xuddi shunday natijaga erishdi. Shu tariqa, Lionel oxirgi 3 o‘yinda 4ta gol va 5ta assistga erishdi.
«PSJ» 35 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. «Trua» 13 ochko bilan 11-o‘rinda bormoqda.
Fransiya chempionati. 13-tur
PSJ – Trua 4:3
Gollar: 0:1 – 3 Balde, 1:1 – 24 Soler, 1:2 – 52 Balde, 2:2 – 55 Messi, 3:2 – 62 Neymar, 4:2 – 77, penalti Mbappe, 4:3 – 88 Palaversa.
PSJ – Donnarumma, Mukiyele, Ramos, Kimpembe (Markinos, 59), Bernat (Mendesh, 85), Verratti (Sarabiya, 85), Soler (Sanshesh, 77), Vitinya (Fabian Ruis, 59), Messi, Neymar, Mbappe.
Trua – Gallon, Balde (Ripar, 72), Palmer-Braun, Salme, Poroso, Konte (Larusi, 72), Shavaleren (Dingome, 88), Kuame (Ugbo, 81), Roni Lopesh, Balde, Odober (Palaversa, 81).
Ogohlantirishlar: Poroso (59), Gallon (75), Roni Lopesh (78).
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan