Friday, 7 August 2026
← Go to the news

FIFA The Best marosimi sanasini ma’lum qildi


FIFA The Best sovrinlarini topshirish sanasini ma’lum qildi.

Taqdirlash marosimi 2023 yil 27 fevralda bo‘lib o‘tadi.

12 yanvar kuni boshlanadigan ovoz berish natijalariga ko‘ra, erkaklar va ayollarga quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha mukofotlar topshiriladi: eng yaxshi futbolchi, eng yaxshi murabbiy, eng yaxshi darvozabon, feyr-pley mukofoti, eng yaxshi gol uchun Pushkash sovrini, muxlislar mukofoti. Yilning ramziy jamoasi ham aniqlanadi.

Futbolchilarning 2021 yil 8 avgustdan 2022 yil 18 dekabrgacha ko‘rsatgan o‘yinlaridan kelib chiqib ovoz beriladi.