fbpx Betguru » FIFA Rossiyani barcha turnirlardan chetlatmoqchi.
Sunday, 22 December 2024
← Go to the news

FIFA Rossiyani barcha turnirlardan chetlatmoqchi.

FIFA Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlari sababli mamlakat milliy jamoasiga nisbatan jiddiy jazo choralarini qo‘llamoqchi.

Reuters xabariga ko‘ra, Ukrainadagi vaziyat sababli FIFA Rossiya milliy jamoasini futbol bo‘yicha o‘z shafeligida o‘tadigan barcha turnirlardan chetlatish haqida qaror tayyorlamoqda.

Manbaning yozishicha, FIFA bu borada UEFA bilan muzokara o‘tkazgan. Qaror seshanba kuni e’lon qilinishi kutilmoqda. Xabar tasdiqlansa, Rossiyaning barcha – o‘smirlar, yoshlar, ayollar va milliy jamoasi turnirlardan chetlatilib, Valeriy Karpin murabbiyligidagi jamoa JCH-2022 saralash bosqichida ishtirok etmaydi.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha FIFA xalqaro turnirlarda Rossiya milliy jamoasining RFI (Rossiya futbol ittifoqi) nomi ostida ishtirok etishi, qolaversa bayrog‘i va madhiyasidan foydalana olmasligi haqida qaror qabul qilgan edi.

Avvalroq, Polsha, Shvetsiya, Chexiya, Albaniya, Irlandiya, Shveysariya va Angliya milliy jamoalari Rossiyaga qarshi o‘ynashdan bosh tortishlarini ma’lum qilgan edi.

image