fbpx Betguru » Boks. O‘zbekiston «Stranja Cup»
Thursday, 26 December 2024
← Go to the news

Boks. O‘zbekiston «Stranja Cup»

Boks. O‘zbekiston «Stranja Cup»da 6ta oltin medal bilan umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi
22-27 fevral kunlari Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida boks bo‘yicha «Stranja Cup» xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi, deb yozadi Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati.

«Kichik jahon chempionati» sifatida e’tirof etiladigan turnir tarixda 73-marta tashkil etildi. Unda jahonning 37 mamlakatidan 370 nafardan ortiq erkak va ayol bokschilar ishtirok etishdi.

Musobaqa erkaklar o‘rtasida 13ta, ayollar o‘rtasida esa 12ta vazn toifasida tashkil etildi.

O‘zbekiston milliy jamoasi turnirda 8 nafar erkak va 5 nafar ayol bokschi bilan qatnashib, yakunda 6ta oltin va 1ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston yakunda umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi. Rossiya milliy jamoasi 5ta oltin bilan 2-o‘rindan joy oldi. Kuchli uchlikka Qozog‘iston 4ta oltin medal bilan yakun yasadi.

O‘zbekiston safida sovrindor bo‘lgan bokschilar:

Oltin medal:
-51 kg: Hasanboy Do‘smatov,
-57 kg: Abdumalik Xalakov,
-63,5 kg: Mujibillo Tursunov,
-80 kg: Odiljon Aslonov,
-92 kg: Madiyar Saidrahimov,
+92 kg: Lazizbek Mullajonov,

Bronza medal:
-52 kg: Tursunoy Rahimova

image