← Go to the news
26.09.2022
831
So'ngi yangiliklar
Angliya milliy jamoasining 2021/22 yilgi mavsumdagi eng yaxshi o‘yinchisi e’lon qilindi Angliya milliy jamoasining 2021/22 yilgi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi.
«Arsenal» klubi va Angliya milliy jamoasining 21 yoshli yarimhimoyachisi Bukayo Saka eng yaxshi o‘yinchi deb topildi. Muxlislar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomada «Vest Hem» yarimhimoyachisi Deklan Rays 2-o‘rinni egallagan bo‘lsa, «Tottenhem» forvardi Harri Keyn uchlikdan joy oldi.
«Bu men uchun o‘zgacha sharaf, menga ovoz berganlardan minnatdorman. Xudo – buyuk», – deya yozadi Saka tvitterdagi sahifasida.
Ma’lumot uchun, Bukayo o‘tgan mavsum Angliya milliy jamoasida 9 o‘yinda 3ta golga mualliflik qilgan.