fbpx Betguru » Amerika kompaniyasi «Milan»ni 1,3 mlrd yevroga sotib olib, yangi stadion uchun 500 mln yevro ajratishga tayyor
Wednesday, 25 December 2024
← Go to the news

Amerika kompaniyasi «Milan»ni 1,3 mlrd yevroga sotib olib, yangi stadion uchun 500 mln yevro ajratishga tayyor

«Milan» klubi yangi investorlar qo‘liga o‘tishi mumkin.

«MilanNews.it»ning yozishicha, Amerika kompaniyasi «RedBird Capital Partners» «Milan» uchun 1,3 mlrd bermoqchi. Kompaniya klubga yangi stadion qurish uchun 500 mln yevro pul ham berishga tayyor.

Avvalroq, Bahraynning «Investcorp» kompaniyasi «rossonerilar» uchun 1,18 mlrd yevro taklif qilayotgandi. Milan klubining hozirgi egasi «Elliott Management» kelishuv amalga oshgan taqdirda, klubning kichik aksiyadorlaridan biri sifatida qoladi.

«RedBird Capital Partners» — «Liverpul» va «Tuluza» futbol klublarining aksiyadori hisoblanadi. Shuningdek, investitsion kompaniya ixtiyorida «Boston Red Soks» beysbol klubining aksiyalari ham bor.

Eslatib o‘tamiz, «Milan» ayni paytda A Seriya chempionligi uchun kurashmoqda. 38-turda «Sassuolo»dan mag‘lubiyatga uchramagan taqdirda, Stefano Pioli shogirdlari Skudettoni qo‘lga kiritishadi.

image