A Seriya. «Latsio» «Atalanta»dan ustun keldi, «Roma» «Napoli»ga mag‘lub bo‘ldi
Italiya A Seriyasi 11-turi doirasidagi ikki markaziy uchrashuv yakuniga yetdi.
Bergamoda o‘tgan bahsda «Atalanta» «Latsio»ga yutqazib qo‘ydi – 0:2. Bu mag‘lubiyat mezbonlar uchun mavsumdagi dastlabkisi bo‘ldi.
Rimda esa «Roma» turnir peshqadami «Napoli»ni qabul qildi. Uchrashuvning 80-daqiqasida Osimxen tomonidan kiritilgan gol Neapol jamoasiga muhim g‘alabani keltirdi – 1:0. Shu kuni rimliklar safida Eldor Shomurodov 85-daqiqada Spinatsola o‘rniga maydonga tushdi.
Shu tariqa, «Napoli» 29 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan bo‘lsa, «Latsio» 24 ochko bilan 3-o‘ringa ko‘tarildi, Bergamo klubi esa shuncha ochko bilan 4-o‘rinda qoldi. Rim jamoasi hisobida esa 22 ochko bo‘lib, ular 5-o‘rindan joy olgan.
A Seriya. 11-tur
Atalanta – Latsio 0:2
Gollar: 0:1 – 10 Dzakkani, 0:2 – 52 Felipe Anderson.
Atalanta – Sportello, Soppi (Mele, 64), Demiral, Okoli (Gimshiti, 46), Skalvini, Xatebur, de Ron (Ederson, 75), Pashalich (Malinovskiy, 46), Kopmeyners, Lukman (Sapata, 71), Muriel.
Latsio – Provedel, Romanoli, Kazale, Marushich, Vesino, Kataldi (Bashich, 70), Milinkovich-Savich, Ladzari (Xyusay, 77), Felipe Anderson, Dzakkani, Pedro (Kancheleri, 84).
Ogohlantirishlar: Okoli (12), Soppi (45), Muriel (59), Kataldi (70), Milinkovich-Savich (88).
Chetlatish: Muriel (90).
Roma – Napoli 0:1
Gol: 0:1 – 80 Osimxen.
Roma – Ruy Patrisiu, Karsdorp (Vinya, 82), Smolling, Manchini (El-Shaaravi, 82), Rojer, Spinatssola (Eldor Shomurodov, 85), Kristante, Pellegrini, Kamara (Matich, 82), Dzanolo, Abraham (Belotti, 64).
Napoli – Meret, Di Lorenso, Jezus, Kim Min Chje, Olivera, Lobotka, Zelinski (Gaetano, 75), Ndombele (Elmaz, 57), Losano (Politano, 75), Osimxen, Kvaratsxeliya.
Ogohlantirishlar: Smolling (22), Losano (45), Ndombele (47), Kristante (51), Rojer (74), Olivera (78), Lobotka (79).
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan