Yulduz bo‘lsa o‘ziga, u sardorlikka loyiq emas!
“Arsenal”ning eng mashhur hujumchisi Per-Emerik Obameyang sardorlik vakolatidan mahrum qilindi. Klub rahbariyati gabonlik futbolchi ichki tartib qoidalarni qo‘pol tarzda buzgani uchun shunday qarorga keldi.
O‘tgan hafta tartib-intizom qoidalarini buzgani uchun Per-Emerik Obameyang jamoamizga sardorlik qila olmaydi, shuningdek, u premer-liganing “Vest Xem Yunayted”ga qarshi o‘tkaziladigan navbatdagi uchrashuvidan ham chetlatildi.
Biz barcha o‘yinchilarimiz, ayniqsa, jamoa sardori o‘rnatilgan va tasdiqlangan barcha tartib-qoidalar, standartlarga rioya qilib ish yuritishi kerak, deb bayonot berdi “Arsenal” rasmiy sayti.
Ma’lumki, gabonlik hujumchi onasini ko‘rib kelish uchun klub ruxsati bilan Frantsiyaga uchib ketgan edi. Biroq, futbolchi belgilgangan paytda ortga qaytmagan va bir kun o‘tib, klub ixtiyoriga kelgan.