Saturday, 8 August 2026
← Go to the news

«Tottenhem» van de Ven bilan shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erishdi – Romano

Mikki 2023 yildan buyon «taqachilar» sharafini himoya qilib kelmoqda.

«Tottenhem» himoyachisi Mikki van de Ven faoliyatini London klubida davom ettiradi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, tomonlar uzoq muddatli yangi shartnoma bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishgan. Yangi bitim futbolchining moliyaviy shartlari yaxshilanishini, jumladan, maoshi oshirilishini ham nazarda tutadi.
Qayd etilishicha, shartnomaning barcha asosiy jihatlari allaqachon kelishib olingan. «Tottenhem» rahbariyati esa niderlandiyalik 24 yoshli himoyachini transfer oynasida sotish variantini umuman ko‘rib chiqmagan, chunki u jamoaning asosiy futbolchilaridan biri hisoblanadi. Yangi shartnoma yaqin kunlarda rasmiy e’lon qilinishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Mikki 2023 yildan buyon «taqachilar» sharafini himoya qilib kelmoqda.