Marokashlik futbolchi qiz Ispaniya chegarasini suzib o‘tishga urinish vaqtida vafot etdi
Marokashning «Magreb Atletik Tetuan» klubi futbolchisi Faten Ben Amar al Aziziy vafot etdi.
Bu haqda Mundo Deportivo xabar bermoqda.
Marokashning «Mag‘rib Atletik Tetuan» klubi futbolchisi Faten Ben Amar al-Aziziy Ispaniyaning Seuta shahriga suzib o‘tishga uringan vaqtda halok bo‘ldi.
Futbolchi bir guruh muhojirlar bilan birga bo‘g‘ozdan suzib o‘tishga uringan, biroq oqimga bardosh bera olmay, cho‘kib ketgan.
Foto: Red Uno
Ispaniya rasmiylarining ma’lumotlariga ko‘ra, al-Aziziy 60 mingga yaqin kishi Marokash va Seuta o‘rtasidagi chegarani kesib o‘tishga harakat qilgan migratsiya inqirozi natijasida vafot etgan 67 kishidan biridir.
Marokash rasmiylari hozircha halok bo‘lganlar, jarohatlanganlar va bedarak yo‘qolganlar soni haqida ma’lumot taqdim etmadi. Shu bilan birga, mahalliy OAV kamida 17 kishi halok bo‘lganini xa
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan