← Go to the news

22.01.2025
33
Futbol
Masharipov «Istiqlol» safida jarohat olib, maydonni zambilda tark etdi
O‘zbekiston milliy jamoasi yarimhimoyachisi Jaloliddin Masharipov jarohat oldi.
Eron Pro ligasi doirasida «Istiqlol»ning «Shams Azar»ga qarshi o‘yinida asosiy tarkibda maydonga tushgan o‘zbekistonlik futbolchi 5-daqiqadayoq jarohat olib, maydonni zambilda tark etishga majbur bo‘ldi. Uning o‘rniga Amirali Sodig‘iy maydonga tushdi.
Hozircha futbolchining jarohati haqida rasmiy ma’lumot berilmagan. Tibbiy tekshiruvdan keyin jarohatning qay daraja jiddiyligi ma’lum bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, Masharipov joriy mavsum Eron Pro ligasida 15 o‘yinda bitta golga mualliflik qilgan.