fbpx Betguru » «Manchester Siti» «Real»ga qarshi va yana uchta o‘tish o‘yini taxminiy tarkiblari
Sunday, 23 February 2025
← Go to the news

«Manchester Siti» «Real»ga qarshi va yana uchta o‘tish o‘yini taxminiy tarkiblari

UEFA Abduqodir Husanovning «Real»ga qarshi o‘yinni zaxirada boshlashini taxmin qilmoqda.

Tashkilot seshanba oqshomidagi o‘yinlar uchun taxminiy tarkiblarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, «Manchester Siti»ning «Real»ga qarshi uchrashuv uchun taxminiy asosiy tarkibidan o‘zbekistonlik 20 yoshli himoyachi o‘rin olmagan. UEFA matbuot xizmati Akanji va Diashning himoya markazidan joy olishini taxmin qilgan.

Shuningdek, bugungi oqshom dasturidan «Brest» – «Pari Sen-Jermen», «Yuventus» – PSV va «Sporting» – «Borussiya» Dortmund o‘yinlari ham o‘rin olgan.

UEFA uchrashuvlar uchun taxminiy tarkiblarni e’lon qildi:

YeCHL. Pley-off o‘tish o‘yini
11 fevral (seshanba)
«Brest» – «Pari Sen-Jermen»
O‘yin boshlanish vaqti: 22:45
TV-translyatsiya: Zo’r TV
«Brest»: Bizot; Lyalya, Shardonne, Kulibali, Aydara; Kamara, Fernandes, Manetti; Dumbiya; Ajork, Balde
«PSJ»: Donnarumma; Xakimi, Markinos, Pacho, Nunu Mendesh; Joau Nevesh, Vitinya, Fabian Ruis; Barkolya, Dembele, Kvaratsxeliya

«Yuventus» – PSV
O‘yin boshlanish vaqti: 01:00
«Yuventus»: Di Gregorio; Vea, Gatti, Veyga, Savona; Lokatelli, Duglas Luis; Gonsales, Makkenni, Kenan Yildiz; Kolo-Muani
PSV: Benites; Mauro Junior, Boskali, Flamingo, Malasiya; Veyerman, Sxauten; Bakayoko, Til, Lang; de Yong

«Manchester Siti» – «Real»
O‘yin boshlanish vaqti: 01:00
TV-translyatsiya: Zo’r TV
«Manchester Siti»: Ederson; Nunes, Akanji, Ruben Diash, Gvardiol; Kovachich; Savino, de Bryuyne, Foden, Bernardu Silva; Holand
«Real»: Kurtua; Vaskes, Asensio, Chuameni, Mendi; Kamavinga, Modrich; Rodrigo, Bellinghem, Vinisius Junior; Mbappe

«Sporting» – «Borussiya» Dortmund
O‘yin boshlanish vaqti: 01:00
«Sporting»: Ruy Silva; Fresneda, Diomande, Gonsalu Inasiu, Mateus Reys; Kenda, Joau Simoesh, Morita, Arauxo; Dekeresh, Fransishku Trinkan
«Borussiya» D: Kobel; Rayerson, Anton, Shlotterbek, Svensson; Emre Jan, Gross; Adeyemi, Brandt, Gittens; Girassi.

image