
KONKAKAF Chempionlar kubogi. «Inter Mayami» javob o‘yinida «Kanzas-Siti»ni mag‘lub etib, 1/8 finalga chiqdi
Messi gol urdi, Suaresda 1+1.
«Inter Mayami» KONKAKAF Chempionlar kubogining 2-bosqichiga yo‘l oldi.
Florida klubi javob bahsida «Sporting Kanzas-Siti»ni 3:1 hisobida mag‘lub etib, 1/8 finalga yo‘l oldi. Endi jamoa Yamaykaning «Kavaler» jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
«Inter Mayami»ning argentinalik hujumchisi Lionel Messi 19-daqiqada Luis Suaresning uzatmasidan foydalanib, hisobni ochdi. Urugvaylik futbolchi esa jamoasining uchinchi golini kiritdi.
KONKAKAF Chempionlar kubogi
1-bosqich
Inter Mayami – Kanzas Siti – 3:1
Gollar: 19′ Messi, 45+1′ Alende, 45+3′ Suares — 63′ Rodriges.
Inter Mayami: Ustari, Alba, Falkon (Luxan, 80), Aviles (Allen, 57), Frey, Segoviya, Buskets (Ruis, 81), Redondo, Alende, Suares (Teylor, 81), Messi (Kremaski, 69), Rios, Allen, Xoll, Luxan, Martines, Seylor, Kremaski, Gressel, Morales, Ruis, Teylor, Afonso