Friday, 7 August 2026
← Go to the news

Isak: «Jamoaga foyda keltira olishimga ishonaman»

Shvetsiyalik forvard «Sauthempton»ga qarshi bahsda mersisaydliklar safidagi ilk golini urdi.
Isak: «Jamoaga foyda keltira olishimga ishonaman»

«Liverpul» hujumchisi Aleksandr Isak Angliya Liga kubogi 3-bosqich doirasida «Sauthempton»ga (2:1) qarshi bahsdan so’ng o’z fikrlari bilan o’rtoqlashdi.

Shvetsiyalik forvard ushbu bahsda mersisaydliklar safidagi ilk golini urdi.

«O’zimni yaxshi his qilyapman. O’yindan o’yinga holatimni yaxshilab boryapman. Hozir aniq berish qiyin, barchasi jismoniy holatim va o’yinga tayyorgarligimga bog’liq. Shunisi aniqki, men o’zimni yaxshi his qilyapman va jamoaga foyda keltira olishimga ishonaman», — Isakning so’zlaridan keltiradi ITV nashri.

Eslatib o’tamiz, mersisaydliklar 25 yoshli hujumchini «Nyukasl»dan 145 million yevro evaziga sotib olgan edi.

Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov