← Go to the news

22.01.2025
44
Futbol
Husanov «Siti»da 45-raqamni tanlagani sababini aytdi
«Manchester Siti»ning yangi a’zosi Abduqodir Husanov jamoada nega 45-raqamni tanlagani sababini aytdi.
«Belarusda professional faoliyatimni «Energetik-BGU» safida aynan 45-raqam ostida boshlaganman. Shu sababli «Manchester Siti» tarkibida ham ushbu raqamni tanladim», – deydi Abduqodir klub rasmiy saytiga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, Abduqodir Husanov O‘zbekiston olimpiya jamoasi safida 3, milliy jamoa safida 5, «Lans» tarkibida esa 25-raqam ostida harakat qilgandi.