← Go to the news

12.02.2025
18
Futbol
Flik «Sevilya» ustidan g‘alaba, Arauxoning jarohati va Ferminning chetlatilishi haqida gapirdi
«Barselona» bosh murabbiyi Hansi Flik La Liga 23-turidan o‘rin olgan «Sevilya»ga (4:1) qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«O‘yinimizni ta’kidlamoqchiman. Birinchi bo‘limda yaxshi edik, ikkinchisida esa kurashdik. Raqib qanotda tezkor o‘yinchilarga ega edi va biz ularni yaxshi ushlab turdik. Sabr qildik.
Arauxoning jarohati? Uning tekshiruvlardan o‘tishini kutamiz. Umid qilamizki, jiddiy narsa yo‘q.
Fermin muhim gol urdi va keyin chetlatildi… Bu — ortiqsa g‘ayratdan. Bo‘lib turadi. Kelajak uchun yaxshi saboq.
La Ligada 4-5 ta juda yaxshi jamoa bor va biz ulardanmiz», — deya germaniyalik mutaxassisning so‘zlarini keltiradi Marca.