fbpx Betguru » «Feyenoord» «Milan» bilan o‘yin oldidan bosh murabbiyini iste’foga chiqardi
Saturday, 5 April 2025
← Go to the news

«Feyenoord» «Milan» bilan o‘yin oldidan bosh murabbiyini iste’foga chiqardi

«Feyenoord» Chempionlar Ligasidagi o‘yindan ikki kun oldin murabbiyni o‘zgartirishga qaror qildi.

Rotterdam klubi Brian Priske bilan xayrlashganini ma’lum qildi. Hamkorlikni to‘xtatishga sabab sifatida qoniqarsiz natijalar keltirilgan.

8 fevral kuni «Feyenoord» Niderlandiya chempionatida «Sparta» (3:0) ustidan g‘alaba qozonib, 3 o‘yinlik mag‘lubiyatli (jumladan «Ayaks» va PSVga yutqazgan) seriyasiga chek qo‘ygandi. Amaldagi chempion Eredivizida 21 ta turda 39 ochko to‘plab, 5-o‘rinda bormoqda.

«Feyenoord» 12 fevral kuni Chempionlar Ligasi pley-offida «Milan»ni qabul qiladi.

image