«Barselona» Reshfordning ijarasi bo‘yicha kelishuvga erishdi, ammo Kataloniya klubi kimnidir sotishi kerak
«Barselona» va Markus Reshford transfer borasida kelishib olishdi.
Kataloniya klubi angliyalik 27 yoshli hujumchini «Manchester Yunayted»dan 30 iyungacha ijaraga olishga tayyor.
Biroq «Barsa» uchun muammo — Markusning yillik 18 mln yevro maoshi. 6 oylik ijara bo‘lsa, «ko‘k-anorranglilar» futbolchiga 9 mln yevro to‘lashlari kerak. Ehtimol, Reshfordning maoshining bir qismi «MYU» tomonidan qoplanishi ham mumkin, deb xabar beradi Diario Sport.
Ammo shunga qaramay, «Barselona» La Liganing moliyaviy feyr-pley qoidalariga rioya qilishi va hujumchini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun maoshlardan joy ajratishi kerak. Shunday qilib, klub kimnidir sotishi kerak.
Oskar Mingesaning «Selta»dan «Aston Villa»ga (50% huquqlar «Barsa»ga tegishli) o‘tishi dargumon, chunki inglizlar bu pozitsiya uchun allaqachon futbolchi sotib olishgan. Murabbiy Hansi Flikning rejalariga kirmaydigan Ansu Fati esa jamoani tark etish niyatida emas.
Ayni damda himoyachi Erik Garsiyada jamoani tark etish uchun eng real imkoniyat bor. «Jirona» uning uchun 7+3 mln yevro to‘lashga tayyor. Bu transfer «Barsa»ga nafaqat daromad keltiradi, balki futbolchining maoshidan 6 mln yevro tejaydi. Bu Reshfordni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yetarli bo‘ladi.