Zirkze qishda «MYU»ni tark etib, A Seriyaga qaytishni istamoqda
Joshua Zirkze «Manchester Yunayted»ni tark etish haqida o‘ylamoqda.
Calciomercato xabariga ko‘ra, Manchester klubi tomonidan yozda «Bolonya»dan 42,5 million yevroga sotib olingan niderlandiyalik hujumchi qishki transfer oynasida jamoani tark etishni istamoqda. Joshua yanvar oyida ijara asosida Italiya A Seriyasiga qaytishni rejalashtirgan. Bu masaladagi yakuniy qaror «Manchester Yunayted» murabbiylar shtabi va klub rahbariyati tomonidan qabul qilinadi.
Qayd etilishicha, Zirkzening sobiq murabbiyi, hozirda «Yuventus»ni boshqarayotgan Tiago Motta aynan Joshua singari hujumchini izlamoqda. Turin klubi niderlandiyalik futbolchini ijaraga olish imkoniyatini ko‘rib chiqishga tayyor.
Ma’lumot uchun, Zirkze joriy mavsum «MYU» safida APLda 8 o‘yinning faqat 4tasida asosiy tarkibda maydonga tushdi.