← Go to the news

22.07.2024
3894
Futbol
«Yuventus» Rabio bilan xayrlashganini e’lon qildi
«Yuventus» klubi 5 yillik hamkorlikdan keyin Adriyen Rabio bilan xayrlashganini e’lon qildi.
Fransiyalik 29 yoshli yarimhimoyachining Turin klubi bilan amaldagi kelishuvi 1 iyul kuni yakuniga yetgandi. Tomonlar shartnomani uzaytirish borasida muzokara o‘tkazayotgani haqida xabar qilingan bo‘lsa-da, kelishuvga erishilmagan.
Rabio Fransiya milliy jamoasi safida Yevro-2024da 5 o‘yinda maydonga tushdi. Adriyen ayni damda erkin agent sanaladi.
Ma’lumot uchun, fransiyalik futbolchi yakunlangan mavsumda A Seriyada 31 o‘yinda 5ta gol va 3ta assistga mualliflik qilgan.