fbpx Betguru » Yevro-2024. Xorvatiya Albaniya bilan o‘yinda 90+4-daqiqada g‘alabani qo‘ldan chiqardi
Sunday, 8 September 2024
← Go to the news

Yevro-2024. Xorvatiya Albaniya bilan o‘yinda 90+4-daqiqada g‘alabani qo‘ldan chiqardi

Germaniyada o‘tayotgan Yevro-2024 turniri 2-tur bahslariga start berildi.

Hamburgdagi uchrashuvda Xorvatiya Albaniyaga qarshi saf tortib, kambek ko‘rsatishga yaqin edi. Albanlar Lyachining goli evaziga 11-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, 74-daqiqada Kramarich hisobni tenglashtirdi. 76-daqiqada esa Klaus Gyasula o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi – 2:1.

90+4-daqiqada esa aynan Klausning o‘zi xorvatlar darvozasini ishg‘ol etib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi – 2:2.

Shu tariqa, Xorvatiya va Albaniya turnirdagi birinchi ochkolarini ishladi.

Yevro-2024. 2-tur. B guruhi.

Xorvatiya – Albaniya 2:2

Gollar: 0:1 – 11 Lyachi, 1:1 – 74 Kramarich, 2:1 – 76, avtogol Klaus Gyasula, 2:2 – Klaus Gyasula 90+4.

Xorvatiya – Livakovich, Yuranovich, Shutalo, Gvardiol, Perishich (Sosa, 84), Modrich, Kovachich, Brozovich (Pashalich, 46), Mayer (Suchich, 46), Kramarich (Baturina, 85), Petkovich (Budimir, 69).

Albaniya – Strakosha, Hyusay, Jimshiti, Ayeti, Mitay, Lyachi (Gyasula, 72), Bayrami, Ramadani (Xoja, 85), Aslani, Asani (Seferi, 64), Manay (Daku, 85).

Ogohlantirishlar: Xyusay (76), Ivushich (87).

image