fbpx Betguru » Yevro-2024. Portugaliya Turkiyani yirik hisobda yengib, 1-o‘rin bilan pley-offga yo‘l oldi
Friday, 18 October 2024
← Go to the news

Yevro-2024. Portugaliya Turkiyani yirik hisobda yengib, 1-o‘rin bilan pley-offga yo‘l oldi

Yevropa chempionati 2-turida, F guruhining markaziy o‘yinida Portugaliya Turkiya bilan to‘qnash kelib, javobsiz 3 ta gol urdi.

Birinchi bo‘limda Silva hisobni ochdi, so‘ng Akaydin va Bayindir o‘rtasidagi tushunmovchilik avtogol bilan yakunlandi. Ikkinchi bo‘limda esa Ronalduning uzatmasini Fernandesh golga aylantirdi.

Yevrolar tarixidagi eng yaxshi to‘purar (14) bo‘lgan Ronaldu eng yaxshi assistentga (8) ham aylandi.

Shu tariqa Portugaliya (6) Germaniya va Ispaniya ortidan 1/8 finalga yo‘llanma olgan uchinchi jamoa bo‘ldi. Turkiya (3) esa so‘nggi turda Chexiya (1) bilan bahsda 2-o‘rinni saqlab qolishga harakat qiladi.

Yevro-2024. F guruhi. 2-tur

Turkiya — Portugaliya 0:3

22 iyun, «Signal Iduna Park»

Gollar: Silva (21), Akaydin (28, avtogol), Fernandesh (56).

Turkiya – Bayindir, Chelik, Bardakchi, Akaydin (Demiral, 75), Ayxan (Yuksek, 58), Kadio‘g‘li, Chalxono‘g‘li, Kekchyu (Yaziji, 46), Akgun (Gyuler, 70), Akturko‘g‘li (Yildiz, 58), Yilmaz.

Portugaliya – Koshta, Kanselu (Semedu, 68), Pepe (Antoniu Silva, 83), Diash, Mendesh, Fernandesh, Silva, Palinya (Ruben Nevesh, 46), Vitinya (Joau Nevesh, 88), Leau (Netu, 46), Ronaldu.

Ogohlantirishlar: Bardakchi (25), Leau (39), Akaydin (42), Chelik (42), Palinya (45).

image